Osiyo Chempionlar ligasi chorak final javob o`yinida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z maydonida BAAning “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o`yinning 39-daqiqasida Kaio tomonidan kiritilgan yagona gol amirliklarning g`alabasini ta`minladi. Dastlabki o`yinda 0:0 hisobi qayd etilgani sababli, BAAlik futbolchilar OChL yarim finaliga yo`l olishdi.
OChL–2016. Chorak final, javob o`yini
“Lokomotiv” – “Al-Ayn” – 0:1
Gol: Kayo (39).
Ogohlantirishlar: Umar Abdulrahmon 43, Favzi Fayoz 59, Oleg Zoteev 67, Marat Bikmaev 85, Ikrom Aliboev 89, Kaxi Maxaradze 89.
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 11.Temurxo`ja Abduxoliqov, 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzaev (10.Marat Bikmaev, 75), 17.Salim Mustafoev (33.Oleg Zoteev, 65), 18.Timur Kapadze, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sanjar Shoahmedov, 71.Artur Gevorkyan (28.Ikrom Aliboev, 68).
“Al Ayn”: 17.Xolid Eysa, 4.Said Musabbeh, 5.Ismoil Ahmad, 7.Lukas Kayo, 9.Duglas (13.Ahmad Barman, 79), 10.Umar Abdulrahmon (18.Ibrohim Diaki, 90+3), 19.Muhanad Salim, 21.Favzi Fayoz, 25.Amir Abdulrahmon, 29.Li Myung Ju, 70.Danilo Asprilla (16.Muhammad Abdulrahmon, 81).
Dastlabki o`yin: 0:0