AsosiySUG'DIYONA
4231

Bolakay taomnomasiga qarab fe`lini biling

AQShlik olim Alan Xirsh 25 yil davomida kattalar va bolalarda ta`m ajratish xususiyati bo`yicha ilmiy ish olib borib, har bir inson u yoki bu turdi mahsulotni xush ko`rishi organizm bilan uzviy bog`liq degan xulosaga keladi. Farzandingiz sog`lig`i, qolaversa xarakteri haqida bilishni istasangiz quyidagi ma`lumotlarga diqqat qiling. 

•  Tuzlamalar, sho`r eguliklaru pechenelarni yoqtiradigan bolalar xarakter jihatdan o`ziga ishonchi sust bo`ladi. Yomg`ir yog`ayotganda soyabondan foydalanib, manzilga etib olish o`rniga, ob-havo yaxshilanishini kutish ular uchun to`g`ri echimdir. Bunday bolakay bilan o`z ustida ishlashga undovchi mashqlarni bajarish lozim. Organizmida esa jiddiy muammo yo`q. Faqatgina natriy va mineral tuzlar etishmayapti, xolos. 

•  O`smir yoshidagi o`g`il-qizingiz taomga achchiq sous yoki ketchup aralashtirishga odatlanibdimi, demak nafas yo`llari, qon bosimi yoki yurak faoliyati bilan bog`liq o`zgarish kuzatilishi mumkin. Diqqat qiling. Xarakteriga xos bo`lgan qat`iyatni esa «bo`g`mang». Askincha, har bir ishda uning fikri muhimligini namoyish etavering. 

•  Agar bolangiz dam sho`r, dam shirin narsani so`rasa, moddalar almashinuvi bilan bog`liq o`zgarish bo`lishiga ishora deb biling. Bu vaziyatda shifokor ko`rsatmasi asqotadi. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, farzandingiz katta davralarni xushlamaydi. Xohishiga qarshi bormang. Kirishimli bo`lmasa-da, iste`dodi tufayli tanlagan kasbida muvafaqqiyatga erishadi. 

•  Har bir bolakay shokoladni jon deb eydi. Ammo muntazam shokolad so`rashi bolada asabiylik, jizzakilik borligini bildirishi mumkin. Chunki bu shirinlik tarkibida aynan asabni tinchlantiruvchi moddalar bor. Shokoladxo`r bolangizning kelajagi porloq, ammo ba`zi vaqtlarda beqarorligi tutib qoladi. Ana shu holatga sergak bo`lsangiz, kifoya. 

•  Bulochkalarni yoqtiradigan bolalar tartibli, gapga quloq soladigan, a`lochi bo`lishadi. Biroq ota-onasining «aytishuvlari» depressiyaga tushib qolishi uchun sabab bo`lishi mumkin.

•  Qaynatilgan kartoshkani tuz bilan eyishni yoqtiradigan yoki  kartoshka chipslarini kanda qilmaydiganlar esa «tepsa tebranmas» xilidan. Bunday bolalarni qattiqqo`llik bilan yo`lga solishga urinmang. Yaxshisi fe`l-atvorini o`zgartirishi mumkin bo`lgan misollar keltirib, tushuntiring. Salomatligi borasida esa me`da faoliyatiga diqqat qiling. 

•  Go`shtli taomlarni xushlovchi bolakaylar tabiatan faol, uddaburon va vaziyatga qarab, ayyor bo`lishadi. «Ushlagan eridan qo`ymas»ligi kelajakda asqotishi mumkin. Sog`liklariga kelsak, tomoq og`riqlari va shamollash holatlariga e`tibor bering. 

•  Farzandim ovqat tanlamaydi deya, xursand bo`lmang. Chunki bu ham fe`lidan darak beradi. Bunday bolalar ko`pincha qaror qabul qilishga qiynalishadi, g`oyalarini yuzaga chiqarishdan hadiksirashlari ham pand berib qoladi. Sog`liklarida jiddiy havotir bo`lmasa-da, kayfiyat o`zgaruvchanligi kuzatilishi mumkin. Imkon qadar farzandingizning istagidan kelib chiqib, ovqat tayyorlang.

Boshqa yangiliklar