AsosiySUG'DIYONA
5510

Italiyalik xonimlardan go`zallik sirlari

1.  «Rim niqobi». Bu niqobning asosini pomidor tashkil etadi. Italiyalik ayollar bu sabzavotga go`zallik eleksiri, deya ta`rif berishadi. Pomidorni yupqa, parrak qilib to`g`raymiz. Yuzga yupqalab kefir yoki yogurt surting, ko`z va og`iz atrofi bo`sh qolsin. So`ng ehtiyotkorlik bilan kesilgan pomidorni yuzga qo`yib chiqing. Ko`z ustiga esa bodring bo`laklaridan qo`ying. Niqobni yuzda 10-15 daqiqa ushlab turing, so`ng iliq suvda yuvib tashlang. 

2.  Zaytunli balzam. Italyan ayollari terisining doimo silliq, yaltiroq va tarang ko`rinishi siri — zaytun yog`ida. Cho`milib bo`lgandan so`ng teringizga zaytun yog`idan surtib, 5-10 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang. 

3.  Qalin va yaltiroq sochlar uchun italyancha niqob. 50-70 gr. yogurtga 1 choy qoshiq zaytun yog`idan qo`shing. Ho`l sochlarga, kondisioner o`rniga niqobni surtib, 5 daqiqadan so`ng yuvib tashlang. Sochlaringiz quruq bo`lsa, 4 osh qoshiq bodom yog`iga yarimta limon sharbatini qo`shib, suv bug`ida ilitib oling. Iliq qorishmani sochlarni yuvishdan oldin tolalar ildiziga surting va 10 daqiqa kuting.

4.  Tabiiy pardoz. Italyan xonimlari har kunlik pardozida tabiiylikka ahamiyat berishadi. Ular asosiy urg`uni yuzning bir tekis rangda bo`lishiga qaratishadi, buning uchun tonal kremi va upadan foydalanishadi. Qovoqlarga yorqin rangli ten, lablarga yaltiroq rangsiz lab bo`yog`i, kipriklarga qora tush surtib, har kunlik kunduzgi obraz yaratiladi. Oqshom pardozi asosini esa yorqin lab bo`yog`i va ko`zdagi qalin qora chiziqlar tashkil etadi. Pardozni bodom yog`i yordamida o`chirishadi. Bodom yog`i tarkibidagi E vitamini pardozni o`chirishga yordam beribgina qolmay, yuzni oziqlantiradi, namlantiradi va yoshartiradi.

Boshqa yangiliklar