AsosiySUG'DIYONA
8182

Ra`no Yarashevadan go`zallik sirlari

Bilasiz, ayol husni parvarish talab qiladi. Ayniqsa yosh ulg`aygani sayin bu talab ham kuchayaveradi. Shaxsan men yuz parvarishi uchun tabiiy vositalardan foydalanishni ma`qul ko`raman.

Tuxum va ko`k choyli niqob

1 dona tuxum sarig`ini 1 choy qo`shiq o`simlik yog`i bilan iylab, toza damlangan ko`k choy bilan bir necha tomchi limon sharbati ham tomizing. Niqobni yuzga 15 daqiqaga surib qo`ying, so`ng o`tli damlama bilan yuvib tashlang. U qon aylanishini yaxshilaydi, yuzni namlantiradi va ajinlar tortiladi.

Oziqlantiruvchi niqob

1 dona tuxum sarig`iga aloy eti, 3 osh qoshiq quruq sut, 1 choy qoshiq asalni qo`shib, aralashtiring. U xudi smetanadek quyuq bo`lishi kerak. Yuz terisiga 20 daqiqaga surib qo`yib, yuvgandan so`ng, ustidan muz bo`laklari bilan engil ishqalang. Ajinlar tortiladi. Tayyor niqobni esa muzlatkichda saqlash ham mumkin.

Mayda ajinlarga qarshi tuxumli niqob.

U juda oddiy va ko`p vaqt talab qilmaydi. 1 dona tuxum sarig`ini olib, unga yarim choy qoshiq asalni qo`shing. Aralashmani yuzingizga surtib, 5 daqiqadan so`ng sovuq suvda yuvsangiz, mayda ajinlar tortiladi.

Boshqa yangiliklar