Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

Dunyo 14.02.2023, 13:14
Teglar: Rossiya, Turkiya
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

"Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari halokatli zilziladan keyin yana vayronalar qatlamini ochishda yuz dollarlik banknotlar bilan to`ldirilgan qozonni topdilar. Inventarizasiya uchun 150 ming AQSh dollar mahalliy polisiyaga o`tkazildi", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, episentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 31,6 ming kishidan oshdi. Hamon vayronalar ostidan omon qolganlar olib chiqilmoqda. 

Sharhlar

Turkiyaning birinchi Togg elektromobili sotuvga chiqdi, uning birinchi egasi Erdo`g`on bo`ldi (video)

04.04.2023, 09:39

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish...
⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

11.02.2023, 23:36

Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...
⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

08.02.2023, 10:49

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...
Niderland seysmolog olimi Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin prognoz qilgani ma`lum bo`ldi

06.02.2023, 13:15

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...