FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".
Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati bo`ladi. Bungacha 24 yil davomida futbol musobaqasida 32 ta jamoa ishtirok etgan.
Xalqaro futbol federasiyasi ishtirokchilarni dastlab har biri 3 ta jamoadan iborat 16 ta guruhga bo`lishni rejalashtirgandi. Biroq JCh-2022`dan keyin so`nggi turda intriga yo`qolishi mumkinligi, shuningdek, jamoalarning o`yinni har ikki raqib uchun ham foydali natija bilan yakunlash imkoniyati tufayli bu format optimal emas degan qarorga keldi.
Eslatib o`tamiz, turnirning 39-kunida 104 ta o`yin o`tkaziladi. Bu tarixdagi eng uzoq davom etgan jahon chempionati bo`ladi. 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo`lib o`tadi.