Suyak saratonini davolashning yangi usuli topildi

Salomatlik 16.03.2023, 09:32
Suyak saratonini davolashning yangi usuli topildi

Suyak saratoni bemorning tayanch a`zolariga ta`sir qiluvchi xavfli o`smalar guruhi bo`lib, asosan bolalarda aniqlanadi. Hozir dunyo bo`yicha yiliga 52 mingga yaqin kishiga ushbu xastalik tashxisi qo`yilmoqda

Eng yomoni, ayni paytda uni davolash vositalari juda cheklangan. Muolaja jarayonida asosan kimyo va radioterapiya, shuningdek, amputasiyagacha bo`lgan jarrohlik aralashuvlaridan foydalanilyapti. 

Biroq suyak saratoniga chalinganlarning besh yil ichida omon qolish darajasi atigi 42 foizni tashkil etmoqda. Bu, o`simta tez rivojlanib, birinchi navbatda, o`pka va miyaga ta`sir ko`rsatishi bilan bog`liq. 

Shu bois Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universiteti tadqiqotchilari yangi davolash usulini ishlab chiqdi. Olimlar yaratgan CADD522 preparati saraton metastazlarining tarqalishiga aloqador bo`lgan RUNX2 genini blokirovka qilishga xizmat qiladi. 

Bu yangilik laborator sinovlarda suyak saratoni implantasiya qilingan sichqonlarning omon qolish darajasini 50 foizga oshirdi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, mazkur davolash usuli kimyoterapiyaga nisbatan organizmga kamroq zarar etkazadi. Soch to`kilishi va ovqat hazm qilish muammolari kabi toksik yondosh asoratlarga olib kelmaydi. 

Dastlabki sinovlarda CADD522ning birlamchi suyak saratoni muolajasida samarali ekanligi tasdiqlandi. Endi yangi ixtiro insonlarda klinik bosqichda sinab ko`rilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1