1

O`zbekiston Malayziyaga kimyoviy o`g`itlar eksport qiladi

Iqtisodiyot 26.03.2023, 15:17
O`zbekiston Malayziyaga kimyoviy o`g`itlar eksport qiladi

O`zbekistondan Malayziyaga kimyoviy o`g`itlar eksport qilish bo`yicha kelishuvga erishilgani ma`lum qilindi

Xabarga ko`ra, mamlakat elchixonasida Malayziyaning Hextar Global Group kompaniyalar guruhi raisi Ervan bin Mohd Tohir bilan muzokaralar o`tkazildi. Tadbir davomida Ervan Tohir O`zbekistonda ro`y berayotgan iqtisodiy o`zgarishlarga yuqori baho berib, o`z kompaniyasi mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini ma`lum qildi. 

U O`zbekistonning qulay geografik joylashuvi qo`shni mamlakatlarga mahsulot eksport qilishda o`ziga xos xab vazifasini bajarishini ta`kidladi. Malayziya tomoni o`zaro hamkorlik doirasida qo`shma investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham qiziqish bildirdi.

Uchrashuv natijasida Malayziya kompaniyasi bilan o`zaro hamkorlikda mamlakatda qayta tiklanuvchi energetika, maxsus kimyo vositalarini ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi sohasida qo`shma investisiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, O`zbekistondan Malayziyaga kimyoviy o`g`itlarni eksport qilish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1