O`zbekiston prezidenti administrasiyasi shu`ba mudiri Saida Mirziyoeva dunyoning eng yirik muzeylaridan biri - AQShdagi Metropoliten muzeyida bo`ldi. Bu haqda uning o`zi teegramdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

"Metropoliten muzeyi vakillari – islom san`ati kuratori Navina Haydar va ko`rgazmalar bo`yicha direktor o`rinbosari Kuinsi Xouton bilan uchrashuv o`tkazdik. Dunyodagi eng nufuzli muzeylardan biri O`zbekiston delegasiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda Metropoliten san`at muzeyi xodimlarining 2024 yilda O`zbekistonda bo`lib o`tadigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildik.
Men uchun institutlar o`rtasidagi muloqot juda muhim. Bu mutaxassislarning ichki rivojlanishi va madaniy almashinuviga turtki beradi. Shuningdek, uchrashuv davomida muzeylarimiz mutaxassislarining stipendiya dasturida ishtirok etishi va Metropoliten muzeyida malaka oshirish masalasini ham ko`tardik", - deb yozadi Mirziyoeva.








