1

Nikoh uzugi tanlashning 8 oltin qoidasi

SUG'DIYONA 05.10.2016, 10:57
Teglar: Ayol, Erkak, Oila
Nikoh uzugi tanlashning 8 oltin qoidasi
  1. Turli geometrik shakllar va uchli toshlar bilan bezatilgan uzuklarni tanlamaganingiz ma`qul. Axir uni faqat to`y kuni emas, boshqa kunlarda ham taqishingizga to`g`ri keladi. Shunday paytlarda kiyimlaringizga ilinib qolib, noqulaylik tug`dirishi mumkinligini  ham inobatga oling. 
  2. Yodingizda bo`lsin, issiq va sovuq kunlarda barmoq hajmi o`zgarib turadi. Shuning uchun juda siqib turadigan yoki ancha keng uzuklarni tanlamagingiz maqsadga muvofiq. zargarlik do`koniga borishdan avval ko`p suv ichmaslikka harakat qiling. Aks holda barmoqlaringiz shishib ketadi. 
  3. Qimmatbaho metaldan tayyorlangan uzuklarning namunasiga e`tibor qarating. 585-namunali uzuklar mustahkamligi bilan ajralib tursa, 750-namunadagilari esa jilokorligi  tufayli mashhur.
  4. Yodingizda bo`lsin, uzun va ingichka barmoqlarga katta bezakli, hajmdor uzuklar yarashmaydi. Aksincha, nozik ko`rinishda ishlanganlariga diqqat qiling. Yo`g`onroq barmoqlarga esa o`rtacha kattalikdagi uzuklarni tanlagan ma`qul.
  5. Agar boshqa taqinchoqlaringiz kumushdan ishlangan bo`lsa, nikoh uzugining oq tilladan ishlangan turiga e`tibor qarating.
  6. Uzukning vazni ham ahamiyatga ega. Mutaxassislar nikoh uzugi 4 grammdan og`ir bo`lmasligi kerakligini aytishmoqda. Aks holda har kuni taqqaningiz tufayli, barmog`ingizga og`irlik qilib noqulaylik tug`dirishi mumkin.  
  7. Agar uzuklar dizayni borasida bir qarorga kela olmasangiz klassik uslubda ishlanganlariga ixtiyor beravering. Chunki bunday uzuklar sira urfdan qolmaydi.
  8. Turmush o`rtog`ingizning barmog`ida doim nikoh uzugini ko`rishni istasangiz, uzuk tanlay turib o`z fikringizda qat`iy turib olmang. Uning didini ham inobatga oling. Axir uzunki taqadigan u. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1