Qo`qon shahridagi Xudoyorxon o`rdasi XIX asrning muhtasham obidalaridan sanaladi.
Bir paytlar bu erda Amir Umarxon saroyi bo`lgan. Muhammad Alixon davrida mazkur inshoot mukammal ta`mirlanib, “Zarrinsaroy” degan nom olgan, ba`zan “Qirqustun” deb ham atalgan. 1842 Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan vayron etilgan.
Mazkur saroy qurilishi Xudoyorxon farmoni bilan 1865 yilda boshlanadi. Inshoot rasman 1873 yilda bitkaziladi.
O`rda binosining maydoni sakkiz gektarni egallagan. Qal`aning atrofi baland binolar, qalin devorlar va xandaq bilan o`rab olingan. Inshoot to`rt tashqi saroy, o`rta saroy, bog` va haramni o`z ichiga olgan.
Ma’lumot uchun: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining bosh homiysi Eriell Group neft-servis kompaniyasi ekanligini qayd etib o‘tamiz.