AsosiySalomatlik

JSST COVIDdan ham xavfliroq yangi pandemiyani bashorat qilmoqda

'JSST COVIDdan ham xavfliroq yangi pandemiyani bashorat qilmoqda'ning rasmi

Jahon sog`likni saqlash tashkiloti vakillari insoniyat uchun COVIDdan ham xavfliroq yangi pandemiyani bashorat qilmoqda.

Kuni kecha, 23 may kuni Jenevada bo`lib o`tgan yillik assambleyada JSST rahbari Tedros Gebreyesus yangi pandemiya xavfini inkor etib bo`lmasligini aytdi.

«Yangi kasallik va o`limga olib kelishi mumkin bo`lgan boshqa variantning [COVID] paydo bo`lish xavfi saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, yanada halokatli potensialga ega bo`lgan yangi patogenning paydo bo`lishi xavfi mavjud», dedi tashkilot bosh direktori.

Tedros Gebreyesus, shuningdek, butun dunyoni kelajakda tahdidga birdek javob berishga tayyor bo`lishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar