1

Al Hakim at-Termiziyning “yo`qolgan” asarlaridan biri topilib, nashr etildi

Madaniyat 14.06.2023, 14:14
Al Hakim at-Termiziyning “yo`qolgan” asarlaridan biri topilib, nashr etildi

Al Hakim at-Termiziy yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining rivojlanishini boshlab bergan qomusiy olim bo`lib, uning Movarounnahrda Qur`on sharhiga bag`ishlangan ilk asar sifatida baholangan kitobi bugungacha “yo`qolgan” deb kelinardi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi  katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori Jo`rabek Cho`tmatov izlanish olib borib, ushbu asar qo`lyozmasini Turkiyaning Burdur shahridan topgan va uni nashrga tayyorlagan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

Dunyo tadqiqotchilari e`tiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etilgan. Aytilishicha, asar o`zbek tilida ham nashr etiladi.

M️a`lumot uchun: Al Hakim at-Termiziy (820-932) 400 dan ortiq kitob yozgan bo`lib, ulardan 60 ga yaqini bizgacha etib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qo`lyozmalar jamg`armalarida saqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1