1

Qo`lda tikilgan so`zanalar narxi tilloga teng

Madaniyat 14.06.2023, 21:22
Qo`lda tikilgan so`zanalar narxi tilloga teng

Kashtachilik ham gilamchilik qatori to mexanik dastgohlar paydo bo`lguncha qo`lda bajarilgan. Darvoqe, bugungi kunda ham qo`l mehnati yordamida tayyorlangan kashtalar yuqori baholanadi.

Afsuski, xalqimizning qadimiy kashtachilik namunalari bizgacha etib kelmagan. Faqat XIX asrga mansub palak, so`zana, choyshab, zardevor singari buyumlarni muzeylarda ko`rish mumkin.

Bugungi kunda o`zbek ayollari tikkan kirpich, so`zani, zardevor, gulko`rpa, choyshab, ro`joy kabilar Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlar muzeylarining noyob eksponatlariga aylangan.

Chet el kolleksionerlari va auksionlar tomonidan ular bir necha ming AQSh dollariga baholanmoqda.

Manba: “O`zbekiston madaniy merosi” turkumi “Chexiya Respublikasi to`plamlari ( 16-jild).                             

Loyiha bosh homiysi – ErielGroup.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1