1

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig`i va er solig`iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi

Iqtisodiyot 16.06.2023, 09:42
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig`i va er solig`iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi

"Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag`batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik hamda qo`shimcha ish o`rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i va er solig`i (noturar ko`chmas mulk ob`ektlari bundan mustasno) bo`yicha muddatida to`lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

- oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat`iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

- xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorligi uchun qo`llanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog`liq sud va ijro ishlari tugatiladi.  

2024 yil 1 iyungacha er uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga er solig`ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to`xtatiladi.

Fermer xo`jaliklariga 2023 yil 1 iyun holatiga shakllangan suv solig`idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat etildi.

2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan er maydoni 25 sotixdan ko`p bo`lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o`zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:  

➖har bir 5 sotix er maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta`minlash;

➖har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo`lmagan (980 ming so`m) miqdorda belgilash;

➖issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo`yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo`yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1