AsosiyHi-tech

Threads O`zbekistonda eng ko`p yuklangan ilovaga aylandi

'Threads O`zbekistonda eng ko`p yuklangan ilovaga aylandi'ning rasmi

Facebook va Instagramʼga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi tomonidan Twitterʼga asosiy raqobatchi sifatida ishga tushirilgan Threads matnli xizmati data.ai tahliliy platformasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistondagi App Storeʼda eng ko`p yuklab olingan ilovaga aylandi.

Statistikaga qaraganda Threads ijtimoiy tarmog`i o`zbekistonlik App Store foydalanuvchilari orasida Telegram, Instagram va boshqa bir qator ilovalarni yuklab olishlar soni bo`yicha ortda qoldirgan. Meta direktori Mark Sukerbergning aytishicha, Threads foydalanuvchilar orasida tez mashhurlikka erishmoqda. Uning ta`kidlashicha, mazkur xizma ishga tushirilgan birinchi kunning o`zidayoq 30 milliondan ortiq kishi ro`yxatdan o`tdi. 

    Boshqa yangiliklar