1

Saida Mirziyoeva: “Davlat tasarrufiga Buxorodagi noyob me`moriy inshootni qaytarishga muvaffaq bo`lindi”

Madaniyat 18.07.2023, 22:47
Saida Mirziyoeva: “Davlat tasarrufiga Buxorodagi noyob me`moriy inshootni qaytarishga muvaffaq bo`lindi”

O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasining sa`y-harakatlari bilan jadidchilik tarixi muzeyi tashkil etiladigan noyob me`moriy inshootni davlat tasarrufiga qaytarishga muvaffaq bo`lindi.

Bu haqda Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho``ba mudir Saida Mirziyoevao`zining Telegram kanalida ma`lum qildi.

“Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi noyob tarixiy bino jadidchilik harakati etakchilaridan biri Usmonxo`ja Po`latxo`jaevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi. Endi xonadonda muzey yaratiladi”, – deb yozdi u o`z shaxsiy blogida.

Ushbu loyiha Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Usmonxo`ja Po`latxo`jaev xonadoni dastlabki yangi uslubdagi maktablar ochilib, o`z davrining zamonaviy ta`lim tizimiga mos ravishda ilmga tashna o`quvchilarga ona tili, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlardan bepul saboq berilgani bilan mashhur.

Uyning o`zi 1860–1870-yillarda qurilgan bo`lib, nafis va hashamatli Buxoro me`morchiligining yorqin namunasidir. Yaqin-yaqinlargacha binoda mehmonxona joylashgan bo`lib, ammo Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi sa`y-harakatlari sharofati bilan ushbu tarixiy ob`ekt davlat tasarrufiga qaytarildi.

Loyihani amalga oshirish uchun uyning yaxshi saqlanib qolgan eski qismida zarur restavrasiya ishlarini olib borish, unga tutash yangi joylarni esa qayta qurish rejalashtirilgan.

Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo`lyozmalari va shaxsiy buyumlari, qadimiy qo`lyozmalar, shuningdek, XIX asr mavzulari vaturkiylar madaniyatini aks ettiruvchi salmoqli hozirgi zamon adabiyotlari to`plamidan iborat ekspozisiya taqdim etiladi.

Mazkur namoyish buyumlarini yaratishda muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biriUsmonxo`ja Po`latxo`jaevning o`g`li o`zining mavzuga taalluqli kutubxonasini muzeyga hadya etuvchi Temur Xo`jao`g`li katta yordam beradi.

Biroq tashkilotchilar o`z pirovard maqsadlarini ancha kengroq – nafaqat muzey, balkiilmiy va ilmiy-tadqiqot izlanishlarini olib borish uchun jadidchilik tarixi va madaniyatiga oid ashyo va arxivlar bemalol bo`lgan to`laqonli ilmiy markazni tashkil etish niyatida ekanliklarini teran anglaydilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1