Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda erkak o`zganing mashinasini katta ko`chada tosh bilan urib, mashinaning oynalarini sindirib, pachoqlab tashlagani aks etgan video tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro Sh.S. “Yandeks” firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi Farg`ona shahrida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan I.R. qabul qilib, birozdan so`ng o`z boshqaruvidagi “ Cobalt” rusmli avtomashinasida S.Sh. turgan S.Temur ko`chasiga etib kelgan. Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati o`chib qolganligidan va uning qo`ng`irog`iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o`zaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirib yuborgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Farg`ona IIB matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu harakatlarni sodir etgan fuqaro ushlangan, u qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.
"Ozroq, qizishib ketdim, tartibni buzganim uchun mana, endi javob berib o`tiribman. Pushaymonman, hammadan uzr so`rayman", - deydi ichki ishlar boshqarmasiga olib kelingan tartibbuzar.
Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Ismoil Sharipov taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi A bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Shuningdek, mazkur holatda ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo`lib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.
17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...10.11.2023, 12:45
Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...04.11.2023, 12:37
Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...