AsosiyMadaniyat
1889

Bugun “Quyosh jilovdorlari” hujjatli filmining ilk namoyishi bo`lib o`tadi

'Bugun “Quyosh jilovdorlari” hujjatli filmining ilk namoyishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

6 avgust kuni soat 17:00 da “Quyosh jilovdorlari” hujjatli filmining ilk namoyishi bo`lib o`tadi.

Valdis Pelsh XX asr boshlarida Turkistonda taqdir taqozosi bilan bo`lib qolgan avangard mo`yqalam ustalarining hayoti va ijodiga oid qiziqarli voqealarni hikoya qilib beradi. Kompyuter grafikasi sharofati bilan tomoshabinlar Aleksandr Volkov, Usto Mo`min, Viktor Ufimsev, Aleksey Lisenkoning “yangi hayot kasb etgan” durdona asarlaridan bahramand bo`ladilar.

Qanday qilib moskvalik yosh rassom Igor Savitskiy nomdor avangard musavvirlarning asarlarini jamlab, Nukusdagi muzeyni xalqaro jamoatchilik uchun jozibador maskanga aylantirishga muvaffaq bo`lgan? Savitskiyning mashhur raqibi, yunonistonlik Georgiy Kostaki kim edi? Bu va boshqa savollarga hujjatli kino yaratilishida o`z hissasini qo`shgan taniqli etakchi mutaxassislar javob beradilar.

Film O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi ko`magida tasvirga tushirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar