1

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg`ona va Toshkent aholisi qanday do`ppilar kiyishgan?

Madaniyat 14.08.2023, 22:00
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg`ona va Toshkent aholisi qanday do`ppilar kiyishgan?

Odatda, do`ppi to`rt qismdan iborat bo`lgan. Ammo kamdan-kam hollarda uch qismli do`ppilar ham uchrab turgan.

XIX asr oxirlarida do`ppining tepasi uchli bo`lib, aylana gardishga ega edi. Do`ppining matolari rangli bo`lgan. Do`ppiga yashil, ko`k yoki olcha rangli naqshlar tikilgan. XX asr boshlarida Farg`ona vodiysida Chust do`ppisi keng tarqalgan. Chust do`ppisi qora satindan tayyorlanib, qalampir yoki bodom ko`rinishidagi oq kashtalari va gardishida arkada bo`lgan. Qora va oq ranglar uyg`unligida chust do`ppilari juda chiroyli ko`ringan. Do`ppi naqshlari ajdodlarimizning kosmogonik tasavvurlari asosida shakllangan. Bosh kiyimining o`zi esa mo``jizali himoya vazifasini o`tagan.

Boshqa o`zbek milliy liboslari haqidagi ma`lumotlarni “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidagi “O`zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo`yicha an`anaviy o`zbek liboslari” (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group nefservis kompaniyasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1