1

Mirjalol Qosimov "Barselona" jamoasi afsonalariga qarshi maydonga tushadi

Sport 17.08.2023, 12:01
Mirjalol Qosimov "Barselona" jamoasi afsonalariga qarshi maydonga tushadi

Joriy yilning 30 avgust kuni Qirg`izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo futbol afsonalari va Ispaniyaning "Barselona" klubi afsonalari o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Bu haqda "Barselona" klubi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu bahsda "Barselona" klubining sobiq futbolchilari Ronaldino, Rivaldo, Karles Puyol, Xaver Saviola, Ronald de Bur, Juliano Beletti, Franchesko Kokular va boshqalar ishtirok etishadi.

O`zbekistonlik taniqli sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov "Barselona" va Markaziy Osiyo afsonalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. 

"Osiyo afsonalari" tarkibida, Hidetoshi Nakata, Andrey Kanchelskis, Mirjalol Qosimov, Muxsin Muxamadiev va boshqalar ishtirok etadi.

Uchrashuvni FIFAning eng yaxshi sobiq hakamlaridan biri va jahon chempionatlari tarixida bosh hakam sifatida o`tkazilgan o`yinlar soni bo`yicha rekord (11 ta) natija qayd etgan o`zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1