1

O`zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga boradi

Siyosat 21.08.2023, 10:40
O`zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat etakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. 

Kun tartibidan O`zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo`nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1