O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

Sport 13.09.2023, 11:02
Teglar: Video, O`zbekiston, ​Eron
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. 

Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib yuborgan O`zbekiston U-23 terma jamoasi 2024 yil Qatarda o`tkaziladigan musobaqada chempionlik uchun kurashadi.

"darakchi.uz" muxbiriga ko`ra, kecha, 12 sentyabr kuni O`zbekiston va Eron o`rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun bu gal stadionga 7891 nafar muxlis tashrif buyurdi. Uchrashuvga qiziqish shu qadar yuqori ediki, chipta xarid qilishga ulgurmagan minglab tomoshabinlar hattoki o`yinni maydon tashqarisidan tik oyoqda tomosha qilishdi.

Birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Xar ikki jamoa dastlabki 45 daqiqalikda maydonni 0-0 ko`rinishidagi natija bilan tark etdi.

Ikkinchi taymni faol boshlagan O`zbekiston vakillari 47-daqiqada raqib darvozasiga yo`l topdi. Abbosbek Fayzullaev Abduqodir Husanov tomonidan yo`llangan uzatmani golga aylantirib, hisobni ochishga muvoffaq bo`ldi.

O`yin so`nggiga qadar Fayzullaevning goli yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa o`zbekistonlik futbolchilar Osiyo kubogi yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Lekin, uchrashuvda har ikkala jamoa tomonidan hakamga juda ko`p e`tirozlar bildirildi. O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh maurabbiyi Temur Kapadze ham bu haqida gapirib o`tdi.

Shuningdek, uchrashuvdan so`ng Temur Kapadzening shogirdlardan ham o`yin haqidagi fikrlariga qiziqdik.

Shu tariqa 2024 yil Qatarda bo`ladigan Osiyo chempionati o`yinlari uchun saralash o`yinlari yakunlandi.

Shu orqali ushbu turnirga yo`llanma olgan barcha termalar nomi aniq bo`ldi:

Qatar (mezbon)

Iordaniya

Janubiy Koreya

Vetnam

Yaponiya

O`zbekiston

Iroq

BAA

Tailand

Avstraliya

Indoneziya

Saudiya Arabistoni

Quvayt

Tojikiston

Xitoy

Malayziya

 

Qiziq fakt: O`zbekiston U-23 terma jamoasi so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib yubordi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1