AsosiySUG'DIYONA

Homilador ayol bilishi kerak bo`lgan 13 ma`lumot

Ona vujudidagi mitti yurakning ovoz berishi juda yoqimli holat. Ayniqsa, uning harakatlanishi o`zgacha kayfiyat bag`ishlaydi. Xo`sh, to`palonchi hali tug`ilmasidan yana qanday shumliklar qiladi? 

  1. Homila 11 haftalik bo`lgach, bachadon devori bo`ylab «yurish»ni boshlaydi.
  2. 9 haftalik bo`lgan homila onasi bilan muloqotga kirishishni istab, engil harakatlanadi. Ammo juda kichik bo`lgani uchun biz buni sezmaymiz.
  3. Homila 30 haftalik bo`lganida esnaydi, 32 haftaligida esa qo`llarini harakatga keltirib, o`ynaydi. Ba`zan aynan mana shu muddatda o`tkazilgan UTT tekshiruvida esnayotgan bolakayni ko`rish mumkin.
  4. Embrionning o`g`il yoki qiz farzand bo`lishi 12 haftadan so`ng ma`lum bo`ladi. Unga qadar o`tkazilgan UTT tekshiruvida esa bola jinsini aniqlab bo`lmaydi.
  5. 24 haftadan o`tgan homila muddatidan erta tug`ilganida ham yashab ketishi mumkin.
  6. Buni qarangki, chaqaloqlarning atigi 5 foizigina shifokorlar aniqlagan muddatda dunyoga kelishadi.
  7. 6 haftadan 11 haftagacha homila rivojlanishi jadal bo`lib, buyrak va oshqozon  a`zolari shakllanadi. Shunisi qiziqki, bu a`zolar atigi guruch donasidek kattalikda bo`ladi.
  8. Tug`ilajak farzandingizning yurak urishini 22 haftadan so`ng eshitolasiz. Buning uchun shifokorlar maxsus eshitish moslamasidan foydalanishadi.
  9. Buni qarangki 16 haftalik homila barmoqlarini musht qilib, harakatlantirishi  mumkin ekan.
  10. Homilaning ichki a`zolari 6-oygacha shakllansa, undagi his-tuyg`ular shu haftadan so`ng yuzaga keladi.
  11. Asabiy bo`lsangiz, homiladorlikning 7 oyiga kelib, bu odatingizni bas qiling. Chunki etti oylikdan so`ng vujudingizdagi mitti «odamcha» tashqi omillarga ta`sirchan bo`ladi.
  12. Tug`ilajak farzandingiz bilan ko`proq suhbatlashing. Homila onasining ovozini yaxshi eshitadi.
  13. Agar 9 oyni 100 foiz deb tasavvur qilsak, shundan 10 foiz vaqtda homila uyg`oq bo`ladi. Qolgan vaqtlarda esa uxlaydi. 

Boshqa yangiliklar