“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarning otasi o`g`li Lionel Messini yaxshi ko`rishi va aynan u sababli kataloniyaliklar safida o`ynayotganini aytdi.
“Messi kim ekanini va u muhimligini bilamiz. O`g`lim Messini yaxshi ko`radi va uni o`ziga kumir deb biladi. Neymar Messi bilan birga maydonga chiqishdan baxtiyor va aynan uni deb “Barselona”da o`ynamoqda. Agar Krishtianu Ronaldu va Messi bo`lmaganida, Neymar ham bo`lmasdi”, – dedi Neymarning otasi.
Eslatib o`tamiz, Neymar yozda “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgandi.