AsosiySiyosat

O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda belaruslik hamkasbi bilan uchrashdi

'O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda belaruslik hamkasbi bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Qirg`iz Respublikasi Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishlari bo`lib o`tmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O`zbekiston hukumati delegasiyasi mazkur yig`ilishlarda ishtirok etmoqda.

O`zbekiston hukumati delegasiyasining Bishkek shahriga tashrifi doirasida 25 oktyabr kuni “Ala-Archa” qarorgohida Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda O`zbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning o`ninchi yig`ilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda o`tkazish taklif qilindi.

O`zaro tovar ayirboshlash ko`rsatkichlari o`smoqda, o`tgan yilda uning xajmi 42 foizga o`sdi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga etkazish vazifasi qo`yilgan.

Uchrashuvda savdo-sotiq va korxonalarimiz o`rtasida sanoat kooperasiyasini kengaytirish, qishloq xo`jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha birgalikdagi say-harakatlar  yuzasidan o`zaro fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar