1

Byudjet mablag`ini o`zlashtirgan Izboskan tumani xotin-qizlar bo`limi boshlig`ining sudlanmaganligi sababi aytildi

Iqtisodiyot 02.11.2023, 11:36
Byudjet mablag`ini o`zlashtirgan Izboskan tumani xotin-qizlar bo`limi boshlig`ining sudlanmaganligi sababi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Byudjet mablag`ini o`zlashtirganlik holati yuzasidan Izboskan tumani xotin-qizlar bo`limi boshlig`iga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yopib yuborilganligi” haqidagi xabar tarqaldi. Andijon viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, Izboskan tuman prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan dastlabki tergovda “N-K-S” MChJ rahbari T.F. tumandagi 35-sonli MTT dagi qurilish-ta`mirlash ishlari davomida amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozib, byudjet mablag`ini o`zlashtirganligi holati bo`yicha unga JK ning tegishli moddalari bilan ayblov e`lon qilinib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Dastlabki tergovda jamiyat rahbari T.F. tomonidan 2022 yil dekabr oyi yakunlari bo`yicha tuzilgan soxta “Shakl-2” hisobotlarini tuman maktabgacha ta`lim tashkilotining mutaxassisi M.A. imzolab, muhr bilan tasdiqlab berganligi aniqlanib, etkazilgan zarar qoplanganligi va u ilgari sudlanmaganligi inobatga olingan holda ishning fuqaro M.A. ga nisbatan qismi Jinoyat-prosessual kodeksining tegishli moddalari tartibida ayblilik masalasi hal qilinmagan holda tugatilgan.

Shu bilan birga, tashkilot mudiri N.Q. ning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishining unga nisbatan qismi qonuniy asoslar bilan tugatilgan.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1