“Jude Bellingham, “Real Madrid va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi, Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga kiritilmasklik xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda “MatchDay Central” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi navbatdagi jiddiy jarohat sabab safdan chiqdi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Thomas Tuchel iyun-iyul oylarida AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun Bellinghamni faqat optimal jismoniy holatdagi o‘yinchilar qatorida olib borishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Bellingham “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo mavsum boshida yelka jarohati sabab bir oy davomida uchrashuvlarda ishtirok etmagan va hozir ham jamoasiga yordam bera olmayapti.






