1

O`zbek filmi "Evrilish" Minsk xalqaro kinofestivalida mukofot oldi

Madaniyat 28.11.2023, 18:00
O`zbek filmi "Evrilish" Minsk xalqaro kinofestivalida mukofot oldi

"Listapad" nomli XXIX Minsk xalqaro kino festivalida rejissyorlarimiz filmlari ham namoyish etildi.

Tashkilotchilar ma`lumotiga ko`ra, bu yil anjumanda qatnashish uchun 107 davlatdan 2087 talab tushgan. Eng ko`p ariza Rossiya, Eron, Hindiston, Braziliya va Xitoy tomonidan taqdim etilgan.  

Festival doirasida “O`zbek kinosi kuni” bo`lib o`tdi.  

Taniqli kinorejissyor Yolqin To`ychievning "Evrilish" asari MDH Ijroiya qo`mitasining “Chegarasiz kino” maxsus mukofotiga sazovor bo`ldi.  

Taqdirlash marosimida so`zga chiqqan MDH bosh kotibi o`rinbosari Leonid Anfimov mazkur kartinada hayotiy sharoit, turli sinovlardan qat`i nazar, insonparvarlik, mehr-shafqat, do`stlik tuyg`ulari ustuvor ekani, muhabbatni asrab-avaylash har doim muhimligi tomoshabinga yana bir bor eslatilganini ta`kidladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1