1

Ayollar kayfiyatini gormonlar nazorat qiladi

SUG'DIYONA 07.11.2016, 16:41
Teglar: Salomatlik, Ayol, Tibbiyot
Ayollar kayfiyatini gormonlar nazorat qiladi

Ayol organizmidagi gormonlar nafaqat tashqi qiyofa, balki xarakter va kayfiyatga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Qonida estrogen gormoni darajasi pastroq ayollarning jahli tezroq, kayfiyati o`zgaruvchan bo`ladi. Bejiz yunonchadan tarjima qilganda ehtiros qo`zg`ayman, degan ma`noni bildirmay-da. Oksitosin gormoni esa onalik instinktini uyg`otib, tabassum chaqiradi.

Sog`lom ayol organizmining shveysar soati bu gormonlardir. Miyadagi gipotalamus va gipofiz bezlaridan gormonlar hayz siklining aniq bir kunida ajraladi. Jinsiy gormonlar (estrogen, progesteron, testosteron va h.k.) hayz siklini gumoral (qon orqali)  boshqaradi. 11-14 yoshidan hayz ko`ra boshlagan qiz to klimaks vaqtigacha gormonal o`zgarishlariga befarq bo`lmasligi lozim.    

Siklning 1-5 kunlari: menstruasiya

+ Organizmdan testosteron va estrogen gormonlari ishlab chiqarish darajasi yuqori bo`ladi. Bu ko`p ayollarga g`ayrat bag`ishlab, kayfiyatini ko`taradi. O`z o`ziga ishonchni orttiradi, shunday ekan bu har qanday shartnoma, kelishuvlar uchun zap vaqti.

+Agar sog`lom ovqatlanish tarafdori bo`lib, ortiqcha vazndan xalos bo`lish uchun harakat qilayotgan bo`lsangiz, xavotirga o`rin yo`q. Chunki bu paytda ayollar odatdagidan 12 foiz kamroq ovqat tanavvul qiladilar. 

–Ba`zi ayollar o`zlarini sust, yuk bosgandek his qiladilar. Qon ketishi oqibatida temir moddasi etishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Uning o`rnini go`sht, tuxum, dukkakli o`simlik va mevalar bilan to`ldiring.

–Immunitet pasayadi. Shamollashdan ehtiyot bo`ling.

6-12 kunlar: estrogen va testosteron miqdori oshib boradi

+Mammografiya o`tkazish uchun eng yaxshi payt. Bu davrda teri to`qimalari yumshoq bo`lgani sabab uncha og`riq sezmaydi.

13-kun: estrogenlar eng yuqori darajaga chiqadi

+ Qonda estrogen miqdori qancha ko`p aylansa, miyaning kulrang to`qimalari o`z vazifalarini shuncha yaxshiroq bajaradi. Natijaja ayollarda faxm-farosat, ijodkorlik va topqirlik xususiyatlari har doimgidan yuqori bo`ladi.

 +Ovulyasiya arafasida ayollar jozibali bo`la boradilar.

+Kuch-quvvat va faollik kuchayadi. Sport bilan shug`ullanishning ayni vaqti.

+Zararli odatlardan qutilishga jazm qiling. Bu damda chekishni tashlagan ayoldagi xumor azoblarini estrogenning yuqori darajasi bosib turadi.

14-kun:ovulyasiya

+Og`riq sezishning eng quyi nuqtasi. Anchadan beri tish davolashni rejalashtirib yurgan bo`lsangiz, aynan shu kunni tanlang. Odatda og`riqli kechadigan muolajalar “chivin chaqqandek ham” bo`lmaydi.

 +Jinsiy yaqinlikka mayl va ta`sirchanlik ortadi.

-Shikast topish ehtimoli 3 barobar oshadi. Ko`ndalang kesishgan paylar estrogen sabab ta`sirga beriluvchan bo`lib qoladi.

15-22 kunlar: progesteron ortadi

+Ushbu gormon ta`sirida ayol organizmi to`liq halovatda bo`ladi. Endi ayol organizmi ovulyasiyadan keyin homiladorlikka tayyorlanadi. Bu vaqtni xush o`tkazish uchun turli dam oladigan, tinchlantiruvchi  mashg`ulotlarga bag`ishlang.

+Shu kunlarda ortiqcha vazndan qutilishning ayni payti. Oddiy gimnastika qilsangiz ham organizmning o`zi 30 foiz ko`proq energiya sarflaydi. Qarabsizki, xipcha bel,  sarvqomat dilbar o`zingiz.

23-28 kunlar: barcha gormonlar faolligi susayadi

–Birdaniga ko`p ovqat egingiz keladi. Qovurilgan kartoshka va doim tiyilib yuradigan shirinliklarni ko`rdim demay qolasiz. Bu organizm modda talab qilishidan kelib chiqadi.

–Asabiy va o`ta ta`sirchan bo`lib qolasiz. Bu holat har uchta ayolning birida kuzatiladi. Asab tizimi eng mayda muammochalarga ham dosh bera olmay, o`zingiz zada bo`lishingiz mumkin. Kayfiyat ham rasvo. Siz ham shunday holatlarni boshingizdan o`tkazadigan bo`lsangiz, maslahatimiz V6 vitamini(banan, boshoqli o`simliklar), kalsiy(yogurt, sut, pishloq), magniy (yong`oq, pista va yashil sabzavotlar)ga boy mahsulotlarni iste`mol qiling. Ochiq havoda sayr qilish, engil badantarbiya mashqlari ahvolingizni engillashtiradi.

Qizlarda hayz boshlanishining kechikishi, tug`ish yoshidagi ayollarda homiladorlikning yuzaga kelmasligi, hayzoldi simptomlarining kuzatilishi gormonal buzilishlardan darak beradi. Bunday paytarda ayollar hayzning 2-3 kunida gormon tekshirishga qon topshirishlari kerak. Tibbiy muassasaga borishdan oldin tish yuvish, nonushta qilish tahlilni adashtirishi mumkin. Sut gormoni prolaktinga topshirmoqchi bo`lsangiz, gaplashmay turganingiz ham ma`qul.

Ginekolog tavsiyalari asosida Dilnoza Umarova tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1