AsosiyJamiyat

Olim Sulaymonga jinoiy ish ochildi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Olim Sulaymonga jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Sobiq deputat, tadbirkor Olim Sulaymonovga jinoyiy ish ochildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

"Fuqaro, 1964 yilda tug'ilgan Olim Sulaymonov (sobiq deputat)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

U shu kungacha ichki ishlar organlari tomonidan gumonlanuvchi tarigasida bir necha marta chaqiruv qog'ozi orqali rasman chaqirilgan bo'lsa-da, tergovga kelishdan qasddan bo'yin tovlab kelgan. Shunga ko'ra, 14 oktyabr kuni, uni qonuniy asos bilan tergov jarayoniga majburiy keltirish chorasi qo'llanilgan va mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmog'da", deyiladi IIBB xabarida.

Xabarda jinoyat ishi yuritilayotgan vaqtda internet orqali tergov jarayoniga ta'sir o'tkazishga urinish javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida eslatib o'tilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chinozda yo‘lni to‘sib, tartibsizlik uyushtirganlar qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 22:34

    Chinozda yo‘lni to‘sib, tartibsizlik uyushtirganlar qamaldi

    Har ikkki fuqaro ham jazoni umumiy tartibli koloniyada o'taydi.

    'Endi Instagram'da voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklov joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 21:04

    Endi Instagram'da voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklov joriy etiladi

    "13+" cheklov tizimi 18 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilarga taalluqli.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 20:18

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 20:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 18:28

    'Maktab kotibasi 3-sinf o‘quvchisini sinfdoshlari oldida kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 18:04

    Maktab kotibasi 3-sinf o‘quvchisini sinfdoshlari oldida kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirildi

    Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi, ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.