AsosiyMadaniyat
1852

Alla Pugacheva Rossiya chegarasida so`roqqa tutildi

'Alla Pugacheva Rossiya chegarasida so`roqqa tutildi'ning rasmi

Rossiyalik xonanda Alla Pugacheva 2 noyabr kuni Rossiyaga qisqa muddatga qaytganida chegarachilar tomonidan taxminan bir soat davomida so`roqqa tutilgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Alla Borisovna Rossiyaning Pskov viloyatidagi chegara nazorati punktida to`xtatilib, yopiq suhbat uchun maxsus xonaga olib borilgan.

Chegarachilar bilan suhbatda Primadonna, u chet elda ruhiy va moddiy jihatdan hayot qiyin ekanligini aytgan.

Shundan so`ng, sumkadan bir nechta portretlarni olib, chegarachilarga esdalik sovg`a sifatida topshirgan.

Ertasi kuni Pugacheva ko`chmas mulk bilan bog`liq muammolarni hal qilish va sevgi haqida qo`shiq kuylash uchun Gryaz qishlog`idagi uyiga borgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar