1

Yosh onalarga: Bola yig`isining sabablari

SUG'DIYONA 08.11.2016, 14:57
Teglar: Farzand, Ayol, Ona, Bola, Ona va bola
Yosh onalarga: Bola yig`isining sabablari

Yosh onalar ko`pincha chaqaloq nima sababdan yig`layotganini bilolmay xunob bo`ladi. Quyida chaqaloq yig`isining asosiy sabablarini keltirib o`tamiz.  

Och bo`lsa…
Ochiqqanini bola odatda to`satdan yig`lash bilan ma`lum qiladi. Goho u ovozini baland ko`tarib qattiq yig`laydi. Bunda a`zoi badani larzaga kelib, bola qo`llarini oldinga cho`zadi, yuzi qip-qizarib ketadi.

Sovqotsa…
Bola hayotining dastlabki 3 oyida sovqotadi. Bunday hollarda u to`satdan qattiq chinqirib yig`laydi va bu yig`i asta-sekin past ovoz bilan davom etadigan hiqillashga aylanadi. Hiqichoq tutishi bolaning sovqotayotganini ko`rsatadigan ishonchli belgidir. 

Qorni dam bo`lsa…
Ko`pincha bola birmuncha qisqa yoki uzoqroq vaqt oralab kalta-kalta qichqirib turadi. Agar u qattiq qichqirsa, oyoqlarini tipirchilatib, ko`zlarini mahkam yumib oladi, peshonasi tirishib turadi.

Issiqlab ketsa…
Bunday hollarda dam qattiqroq, dam sekinroq hiqillay boshlaydi. U besaranjom bo`lib, qo`l va oyoqlarini har tomonga tashlaydi, panjalarini musht qilib oladi.

Tagi ho`l bo`lsa…
U buni hiqillash bilan ma`lum qiladi. Hiqillashi dam pasayib, dam zo`rayib turadi, lekin to`xtab qolmaydi.

Zeriksa…
Yura olmaydigan va o`ziga ovunchoq topa olmaydigan vaqtlarda bolalar goho zerikadi. Bundan noroziligini yig`lamsirab g`ingshish orqali ma`lum qiladi. 4 oylik bola esa zerikkanda ovozini baralla qo`yib yig`laydi, tin olib, yana ayyuhannos solishi mumkin. 

Ho`qna qilish
Bolalarga ho`qna(klizma) qilish uchun odatda rezina ballondan foydalaniladi. Ishlatiladigan suv miqdori yoshiga qarab quyidagicha bo`ladi:

1 oylikkacha 2 osh qoshiq
1 oylikdan 3 oylikkacha ⅓ stakan
3 oylikdan 6 oylikkacha yarim stakan
6 oylikdan 2 yoshgacha 1 stakan
2 yashardan 5 yashargacha 1,5 stakan
5 yashardan 9 yashargacha 2 stakan
9 yashardan 12 yashargacha 2,5 stakan

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1