AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

"Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga  muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar