AsosiyDunyo

Afg‘oniston oliy rahbarini hibsga olishga order berildi

U nimalarda ayblanmoqda?

'Afg‘oniston oliy rahbarini hibsga olishga order berildi'ning rasmi

Xalqaro jinoiy sud Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afg‘oniston Oliy sudi raisi Abdul Hakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Bu haqda CNN xabar berdi

Tergov palatasi Tolibon Afg‘onistonda davlat siyosatini olib borgani, natijada tinch aholining asosiy huquq va erkinliklari buzilgani, jumladan, o‘ldirish, qamoqqa olish, qiynoqlar, zo‘rlash va g‘oyib bo‘lishlar kuzatilganini aniqlagan. Sud toliblarni qizlar va ayollarni ta’lim olish, shaxsiy va oilaviy hayot, shuningdek, harakat erkinligi, fikrlash, vijdon va din erkinligidan ataylab mahrum qilganlikda gumon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil martida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qamashga order bergandi. 2024 yil noyabrida esa Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Ioav Gallantni hibsga olishga ham order taqdim etildi. 

    Boshqa yangiliklar