1

Oybekning "Navoiy" romanini unga kim aytib turgan edi? Yoxud asarning yaratilish siri oshkor bo`ldi (video)

Madaniyat 11.01.2024, 16:18
Oybekning "Navoiy" romanini unga kim aytib turgan edi? Yoxud asarning yaratilish siri oshkor bo`ldi (video)

1905 yil 10 yanvar. Toshkent. 
Xuddi shu sanada Toshkentda buyuk bir ijodkor dunyoga keldi. O`zbek adabiyotida o`zining munosib o`rniga ega bo`lgan, asarlari bugungi kunga qadar adabiyot ixlosmandlari  tomonidan sevib o`qilayotgan Oybekning bolaligi Toshkentning tor va ilonizi yanglig` egri-bugri mahallasidagi pastak bir uyda o`tadi. Shu sababdan bo`lsa kerak, texnikumda o`qiyotgan vaqtda yosh yigitcha texnikumning yotoqxonasida yashaydi. Turmush o`rtog`i kimyogar olim Zarifa Saidnosirovaga uylangach, uzoq yillar ijara uylarda yashab yurishga majbur bo`ladi. Nihoyat, 1940 yili zavod va fabrikalarda xizmat qilayotgan ishchilar qatori fan va madaniyat xodimlariga ham er taqsimlab berilganida unga ham 600 kvadrat metrli er nasib etgan. Toshkentning yaqin-yaqmngacha “Ishchilar shaharchasi” deb nomlangan dahalaridan birida 1940 yildan 1968 yilgacha, ya`ni hayotining so`nggi 28 yili mobaynida buyuk o`zbek adibi va jamoat arbobi akademik Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek yashab ijod qilgan. Bugungi kunda bu uy “Oybekning uy muzeyi”ga aylantirilgan. Asarlari orqali xalqning qalbidan joy egallay olgan Oybekning uy muzeyining eshigini taqillatib keluvchilar hali-hanuzgacha talaygina. Biz ham ijodiy jamoamiz bilan o`sha dargohga tashrif buyurdik va shu dargohda bo`lgan, Oybekning bevosita suhbatini olgan insonlar bilan suhbatda bo`lgan yozuvchi va ijodkorlardan u haqidagi fikrlarini so`radik.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1