AsosiyMadaniyat
1016

Bugun TNTda Pavel Volyaning Silk Road Samarkand majmuasidagi realiti-shousi efirga uzatiladi

'Bugun TNTda Pavel Volyaning Silk Road Samarkand majmuasidagi realiti-shousi efirga uzatiladi'ning rasmi

Mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijda keng targ`ib etishga qaratilgan loyihalar doirasida Rossiyaning TNT telekanalida efirga uzatiluvchi Pavel Volyaning taniqli realiti-shousi Silk Road Samarkand majmuasida suratga olindi.

Maxsus ko`rsatuvning birinchi qismi “Vjit v Samarkande” nomi ostida 14 yanvar kuni tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Ko`rsatuvda Samarqandning noyob sayyohlik markazi va undagi zamonaviy mehmonxonalar haqida ma`lumotlar taqdim etiladi.

Mamlakatimiz turizm imkoniyatlarining javohiri hisoblanadigan ushbu markaz ortda qolgan yil davomida qator yirik xalqaro tadbirlar mezboni sifatida butun dunyo e`tibori markazida bo`ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar