1

Xorazm hukmdorlarining xazinasi saroyning qaerida saqlangan?

Madaniyat 21.02.2024, 17:34
Xorazm hukmdorlarining xazinasi saroyning qaerida saqlangan?

O`rnatilgan urf-odat va qoidalardan kelib chiqib, Xorazm hukmdorlarining xazinasi saroyning bir nechta joyida saqlangan.

Xonning xosxonasi olmos va taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bosh kiyimlar, noyob qurol-aslahalarga mo`ljallangan. Zarbxona — u yoki bu xonlarning hukmronlik davrida zarb qilingan tilla, kumush va mis tanga pullar, shuningdek, pul bosadigan qoliplar to`plangan joy bo`lgan.  

Qabulxonaga eltadigan ko`rinishxonada xonga sovg`a qilingan nodir qurol-aslahalar namoyish qilingan, kutubxonada qo`lda yaratilgan noyob qo`lyozma kitoblar, ichki xazinada turli davrlarda zarb qilingan tilla tanga pullar, boshqa davlatlarda chiqarilgan nodir tangalar, xon muhrlari, yorliqlar, farmonlar, xorijiy davlatlar bilan olib borilgan yozishmalar saqlangan. Va nihoyat, anjomxona hashamdor sarpo va to`nlar, mukofot, hadyalar uchun maxsus yasalgan qimmatbaho qurol-yarog`lar va boshqalar uchun mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1