1

Ella Lyu Jingven: “O`zbekiston madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan chin dildan hayratdaman”

Madaniyat 22.02.2024, 09:03
Ella Lyu Jingven: “O`zbekiston madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan chin dildan hayratdaman”

WOSCU ofisiga O`zbekistonning Xitoydagi sayyohlik salohiyati vakili Ella Lyu Jingven va Dynamic Travel hammuassisi Burxan Avchi tashrif buyurishdi. Uchrashuv Eriell Group neft-servis kompaniyasi tashabbusi va ko`magida tashkil etildi.

Ella Lyu Jingven va Burxon Avchi WOSCU loyihalari bilan tanishib, Butunjahon jamiyatining Janubiy Koreya va Xitoy Respublikasi muzeylari va kutubxonalari bilan kelgusidagi hamkorligini muhokama qildilar.

“O`zbekistonning madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan chin dildan hayratdaman va WOSCU tomonidan o`z ajdodlarining milliy xotirasi va yutuqlarini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilayotgan yuksak e`tibordan g`oyat mamnunman”, — dedi Ella Lyu Jingven. “Men Xitoy muzeylari kolleksiyalariga bag`ishlangan yangi mukammal jildlarni nashr etishni tashkil qilish uchun bor kuchimni ishga solaman.”

Eslatib o`tamiz, 2023 yilda WOSCU tomonidan “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidagi “Sug`diyona: Ipak yo`lining yuragi” nomli kitob-albomni chop etilgan hamda hujjatli film suratga olingan edi. Xitoy ilmiy muassasalari bilan ishlashning yangi bosqichi bir vaqtning o`zida bir nechta yirik kolleksiyalarni, jumladan, Xitoy Milliy muzeyi kolleksiyasini, Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, Sinjou shahar muzeyi va boshqalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, Dynamic Travel hammuassisi Burxon Avchi Janubiy Koreyada o`zbek kolleksiyasiga bag`ishlangan albom yaratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etishga rozi bo`ldi.

Shuningdek, hamkorlar mamlakatimizda va xorijda O`zbekiston madaniy merosiga oid qo`shma tadbirlar va ko`rgazmalar o`tkazishga kelishib oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1