1

Xorij filmlaridagi dublyaj muammolari o`rganildi

Madaniyat 27.02.2024, 15:36
Xorij filmlaridagi dublyaj  muammolari o`rganildi

Kinematografiya agentligi rahbariyati va Toshkent shahri kinoteatrlari direktorlari ishtirokida kinoprokat masalalariga bag`ishlangan anjuman tashkil etildi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

Yig`ilishda kinoteatrlarda xorij filmlarini davlat tilida namoyish etishdagi muammolar muhokama qilindi. 

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-son qarori asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab hajmi bo`yicha kvota tizimi joriy etilgani ta`kidlandi. Qarorga asosan mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, mamlakatimiz kinoteatrlarida kuniga kamida ikkita to`liq metrajli, oylik ekran hajmining kamida 25 foizi miqdorida milliy badiiy filmlarni namoyish etilishi kerak. Bayram kunlari esa 40 foiz miqdorida. 

Anjuman muhokamasida ta`kidlanganidek, kinoteatrlar direktorlari va agentlik xodimlari kinoprokatning mavjud muammolarini hal etish va xorijiy filmlarni o`zbek tiliga dublyaj qilish bo`yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1