AsosiySport

Lionel Messi klub miqyosidagi xalqaro musobaqalarda 100 ta gol kiritgan birinchi futbolchi bo`ldi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Seltik” klubiga qarshi (2:0) EChL 5-turida ikkita gol kiritib, klub miqyosidagi xalqaro turnirlarda kiritgan gollar sonini 100 taga etkazib oldi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

Messi Evropa Chempionlar ligasida 92 ta, klublar o`rtasidagi Jahon chempionatida 5 ta hamda Evropa Superkubogida 3 ta gol kiritgan.

Uning azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu hisobida xalqaro klub musobaqalarida 99 ta gol kiritgan. Shulardan 96 tasi EChL doirasida, 1 tasi klublar o`rtasidagi JChda va 2 tasi Evropa Superkubogida kiritilgan.

Boshqa yangiliklar