Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Qishloq xo`jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida "Art zamon media" kinostudiyasi tomonidan "Cho`liq" nomli badiiy film suratga olinadi.
Filmda ekologik muammolar, cho`ponlar va ularning hayoti orqali qishloq xo`jaligidagi hozirgi davr imkoniyatlari haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo tumanlarida, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining turli lokasiyalarida bo`lib o`tadi.
Hozirda filmning aktyorlar jamoasi uchun kasting jarayonlari davom etmoqda. Film senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo`ziboev.
Ma`lumot uchun, "Cho`liq" filmi Kinematografiya agentligi tomonidan e`lon qilingan tanlov g`oliblaridan biri hisoblanadi.
13.05.2024 22:18