AsosiyMadaniyat
1371

Xorazmdagi kino shaharcha barpo etilmoqda

'Xorazmdagi kino shaharcha barpo etilmoqda'ning rasmi

Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Xorazmga tashrif buyurdi. Agentlik rahbari viloyatning Bog`ot tumanida bunyod etilayotgan kino shaharcha faoliyati bilan tanishdi. Hozirda bu shaharchada qurilish ishlari olib borilishi bilan birga Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan buyuk mutafakkir, faylasuf, shoir, kuragi erga tegmagan Pahlavon Mahmud haqidagi “Xiva langari” filmining suratga olish ishlari ham olib borilmoqda. 

Film rejissyori Hamidullo Hasanov bo`lib, unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Matyoqub Matchonov, Boir Xolmirzaev, Dilnoza Kubaeva, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Farhod Mahmudov hamda Mehriddin Rahmatov, Durdona Qurbonova kabi taniqli aktyor va aktrisalar rol ijro etmoqda.

Agentlik direktori kino shaharchaning qurilish va obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishish davomida liboslar va rekvizitlar ustaxonasida bo`lib, ular bilan tanishdi. 

Shaharchaning ochilish marosimi XVI Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilishi belgilangan bo`lib, kelgusida ushbu maskan o`zbek kino san`ati va sanoatini rivojlantirishda etakchi manzillardan biri sifatida xizmat qilishi ko`zlangan.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar