Italiyada “O`zbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng ko`lamli ko`rgazma loyihasi Florensiyadagi "Uffitsi" galereyasining "Pitti" saroyida hamda "Ka Foskari" universitetining ko`rgazmalar zalida o`z ishini davom ettirmoqda.
Zinaida Kovalevskaya asarlaridagi ustuvor mavzu yangi davr o`zbek ayolining nafis qiyofasi bo`lgan. Rassom impressionizm va realizm uslubida ijod qilib, qizlarni turli ko`rinishlarda – dala yumushlarida, velosiped uchib, teatr maxsus orindig`ida moybo`yoqlar orqali gavdalantirishga harakat qiladi. Uning “Hovuz bo`yida” asarida jazirama issiq kun oromijon hovuz bo`yida beg`am-betashvish hordiq chiqarayotgan ikki beg`ubor qizaloq tasvirlangan.
Loyihaning “Nur va rang” nomli Florensiya bo`limi 16 apreldan 30 iyunga qadar "Pitti" saroyida jamoatchilik uchun muntazir.