AsosiyMadaniyat

YUNESKOda "Boqiy Buxoro" bog‘ini barpo etish masalasi muhokama qilindi

Qurilish va rekonstruksiya ishlari davomida obidalarga putur yetkazmaslikka alohida e’tibor qaratildi.

'YUNESKOda "Boqiy Buxoro" bog‘ini barpo etish masalasi muhokama qilindi'ning rasmi

Nyu Dehli shahrida o‘tkazilgan YUNESKOning 46-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro kengash) mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zA.

Tadbirda "Boqiy Buxoro" madaniy-etnografik bog‘ini barpo etish va Shahrisabzni Butunjahon merosi ro‘yxatida saqlab qolish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuvda qurilish va rekonstruksiya ishlari davomida tarixiy-madaniy obidalarga putur yetkazilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirda Fransiyaning "Wilmotte & Associés" me’morchilik byurosi vakillari ham ishtirok etib, yangi binolarning atrof-muhitga zarar yetkazmasdan barpo etilishi muhimligini ta’kidladi.  

    Boshqa yangiliklar