AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning qaysi hududlarida yuqori oylik to‘lanayotgani ochiqlandi

Aksariyat hududlarda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetmagan.

'O‘zbekistonning qaysi hududlarida yuqori oylik to‘lanayotgani ochiqlandi'ning rasmi

Yarim yil davomida respublikada eng yuqori miqdordagi o‘rtacha maosh Toshkent shahrida to‘langan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

2024 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4 foizga oshib, 5 million 92 ming so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, ish haqining o‘sish sur’ati 2023 yilning shu davrida avvalgi yilga nisbatan 22 foizga oshgan.

Joriy yilning birinchi yarmida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (8,4 million so‘m) va Navoiy viloyatida (6,6 million so‘m) qayd etilgan. Qolgan birorta hududdagi o‘rtacha maosh umumiy miqdori — 5 million 92 ming so‘mga yetmagan.

Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda (4,2 million so‘m) nisbatan yuqori o‘rtacha oylik ish haqi to‘langan. Qashqadaryo (3,6 million so‘m), Surxondaryo (3,7 million so‘m), Namangan (3,8 million so‘m) viloyatlarida eng kam qiymatdagi o‘rtacha oylik hisoblangan.

Olti oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Yarim yil ichida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida qayd etilgan — 14,4 million so‘m. Shu bilan birga, axborot va aloqa, tashish va saqlash, sanoat, savdo, qurilish sohalarida ham umumiy miqdordagidan (5 million 92 ming so‘m) ko‘p maosh berilgan.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalarida o‘rtacha ish haqi 5 million so‘mga yetmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:36

'Toshkentda 26 yoshli mast erkak avtomashina oynasini sindirib, qasddan shikast yetkazdi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:02

Toshkentda 26 yoshli mast erkak avtomashina oynasini sindirib, qasddan shikast yetkazdi

Hozirda ushbu fuqaro qo'lga olingan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun QQS "nol" stavkasi joriy qilindi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 11:30

'230 ta tibbiyot muassasasi taʼmirlanadi — SSV'ning rasmi

Jamiyat Bugun 08:39

230 ta tibbiyot muassasasi taʼmirlanadi — SSV

Sog‘ligni saqlashga ajratilayotgan mablag‘lar 2026 yilda 49 trln so‘mg yetkazilishi kutilmoqda.

'Uzbekistan Airways ички рейслар бўйича янги қоидаларни жорий этмоқда'ning rasmi

Jamiyat Bugun 05:49

'"Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting", — Alisher Qodirov'ning rasmi

Jamiyat 02.01.2026 16:10

"Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting", — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik holatiga munosabat bildirdi.