AsosiyMadaniyat

"Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"

“O‘zbekkonsert” xabardor qilmay xorijda konsert berayotgan xonandalarni ogohlantirdi.

'"Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasini yozma ravishda xabardor qilish shartligi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 22 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash pasporti” talablariga ko‘ra, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasini yozma xabardor qilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

"O‘zbekkonsert" davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va rejalashtirishda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasini xabardor qilgan holda faoliyat yuritishlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda.

"Bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini  rejalashtirib o‘tkazayotgan xonandalar yo‘q emas. Litsenziya talab va shartlariga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi tomonidan muddatidan oldin to‘xtatilishi ma’lum qilinadi" , - deyilgan "O‘zbekkonsert” DM axborot xizmati xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Madaniyat 03.03.2025 10:34

    "Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi

    Oskar mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkentda yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab daraxtga urildi'ning rasmi

    Madaniyat 27.02.2025 17:51

    'Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Madaniyat 14.02.2025 19:31

    Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulug‘bekning saroy kutubxonasiga bag‘ishlangan burchak tashkil etiladi'ning rasmi

    Madaniyat 14.02.2025 09:56

    'Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi'ning rasmi

    Madaniyat 12.02.2025 18:07

    Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi

    O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.

    'Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 20:33

    Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan

    Geniylikka ta’rif va da Vinchining "geniylik" yo‘li.