AsosiyMadaniyat

Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashqi qismi dizayni hamda Imom Buxoriy innovatsion muzeyining kontentini yaratish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

'Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov Turkiyaning "Outdoor Factory" kompaniyasi direktori Cinan Turaman va Fransiyaning "Wilmotte & Associés" kompaniyasi ijrochi direktori  Borina Andriular bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar qildi. 

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashqi qismi dizayni hamda Imom Buxoriy innovatsion muzeyining kontentini yaratish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Fransiyaning "Wilmotte & Associés" kompaniyasi ijrochi direktori Borina Andriu  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi  loyihasini ishlab chiqish, ushbu me’moriy ansamblning ichki dizaynini o‘ziga xos tarzda yaratish bo‘yicha 2018 yildan beri ish olib bormoqda. Mazkur kompaniya tomonidan o‘tgan vaqt davomida Markaz muzeyi va kutubxonasi konsepsiyasi hamda ularning ichki dizayni ishlab chiqilgan.

“Outdoor Factory” kompaniyasi direktori Cinan Turaman boshchiligida esa Samarqandda barpo etilayotgan “Imom Buxoriy” innovatsion muzeyi, Markaz muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan interaktiv "Vaqt devori" loyihasi va boshqa loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Davlat rahbari tomonidan Imom Buxoriy majmuasi va uning tarkibidagi innovatsion muzeyni barpo etishda:  “Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada ko‘tarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish”, shuningdek,  “Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixini innovatsion axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatish xalqimizga yana bir ma’naviy xazina bo‘ladi”, – degan fikrlari asosiy maqsad qilib olingan.

Uchrashuv so‘ngida hamkorlar jarayon va yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun: Outdoor Factory — 2010 yilda Istanbulda tashkil etilgan Turkiyaning yirik qurilish va loyihalashtirish korxonasi. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi — bog‘lar, muzeylar hamda madaniy obyektlarni loyihalashtirish va qurish. Outdoor Factory Turkiya, Qatar, Italiya, AQSH, Germaniya va O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalariga ega. Korxona dunyo miqyosida 350 dan ortiq konseptual loyihalar, shuningdek, 25 ta muzey va 110 ta monument loyihalarni amalga oshirgan. “Outdoor Factory” kompaniyasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi “Istiqlol” stellasi bunyod etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Madaniyat 03.03.2025 10:34

    "Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi

    Oskar mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkentda yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab daraxtga urildi'ning rasmi

    Madaniyat 27.02.2025 17:51

    'Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Madaniyat 14.02.2025 19:31

    Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulug‘bekning saroy kutubxonasiga bag‘ishlangan burchak tashkil etiladi'ning rasmi

    Madaniyat 14.02.2025 09:56

    'Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi'ning rasmi

    Madaniyat 12.02.2025 18:07

    Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi

    O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.

    'Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 20:33

    Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan

    Geniylikka ta’rif va da Vinchining "geniylik" yo‘li.