Hindiston Mirage 2000 qiruvchi samolyoti rejali o‘quv mashg‘uloti vaqtida halokatga uchradi. Hindistonning The Times of India nashri shu haqda xabar bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston Harbiy havo kuchlariga (HHK) tegishli qiruvchi samolyotning ikki uchuvchisi ham o‘z vaqtida katapulta qilgani bois omon qolgan. Ular hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olishgan xolos.
Samolyot Shivpuri (Gvalior) yaqinida, tizimda nosozlik yuz bergani tufayli halokatga uchragan.
Ayni paytda halokat sabablari va tafsilotlari aniqlanmoqda. HHK tomonidan surishtiruv o‘tkazish buyurilgan.