AsosiyMadaniyat

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab daraxtga urildi

Oqibatda bir kishi jarohat olgan.

'Toshkentda yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab daraxtga urildi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 27 fevral kuni avtobus daraxtga borib urildi. Poytaxt hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisaning kelib chiqishiga avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan, natijada transport vositasi daraxtga urilib ketgan.

Voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.

Hozirgi vaqtda vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Hokimlik qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar